23:48 / 16.12.2015
3956

Infiniti QX60 krossoveri birinchi bor yangilandi

Infiniti kompaniyasi yetti o‘rinli QX60 krossoverini birinchi marta yangiladi. Bu avtomobil avval JX deb atalgan. Yangi model 2016 yil yanvarda Deytroyt avtosalonida namoyish qilinadi.

Yo‘ltanlamas restayling qilingandan keyin kuzovining oldi qismi dizayni o‘zgardi. Xususan, yangi radiator panjarasi, o‘zgacha bamper, yurish chiroqlarining yorug‘lik-diodli seksiyalariga ega o‘zgacha chiroqlar, LED-elementlardan ishlangan tumanga qarshi chiroqlar paydo bo‘ldi. Kuzovning orqa qismida chiroq va bamperlar o‘zgartirildi.

QX60, shuningdek, yangi prujina va amortizatorlar bilan jihozlandi. Buning evaziga kuzovning burilishlarda og‘ishi kamayishi kerak. Mashinaning rul boshqaruvi qayta sozlangan kuchaytirgich hisobiga keskinlashdi.

Mashinaning motorlari o‘zgarishsiz qoldirildi. Krossover 262 ot kuchi va 334 Nm aylantirish lahzasiga ega, 5 litrli 6 silindrli atmosferali dvigatel hamda gibridli kuch qurilmasi bilan taklif etiladi. Gibrid qurilmasi 2,5 litrli 4 silindrli dvigatel, elektr dvigatel va litiy-ionli batareyalardan tashkil topgan. Uning umumiy quvvati 250 ot kuchi va 330 Nm aylantirish lahzasini tashkil qiladi. Ikkala variantda ham uzatmalar qutisi X-Tronic variatoridan iborat.

Bularning barchasiga qo‘shimcha ravishda Infiniti QX60 uch qatlamli yon oynalar bilan jihozlandi, buning evaziga shovqin izolyatsiyasi yaxshilandi. Muhandislar mashinaning gibridli kuch qurilmasiga ega variantida dvigatelning faol tayanchlari yordamida titrashlarni kamaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Top