18:17 / 16.12.2015
1854

O‘zbekiston TIVda Fransiya elchisi bilan 2015 yildagi hamkorlik yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida 2015 yildagi hamkorlikning dastlabki yakunlari sarhisob qilindi, davlatlararo muloqotni yanada rivojlantirishning hamda turli sohalardagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini faollashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Elchi 2015 yil 12 dekabrda Parij shahrida yakunlangan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 21-konferensiyasi davomida erishilgan asosiy kelishuvlar haqida ma'lumot berdi.

Uchrashuvda ikki tomon aloqalariga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Top