09:53 / 17.12.2015
6811

Tonggi dayjest: Iroqda "qatarlik ovchilarning ovlanishi", IShIDning turklarga hujumi, ishonchni yo‘qotgan Rossiya kanallari va boshqa muhim xabarlar

Kun.uz sayti odatga ko‘ra, dunyoda va O‘zbekistonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni eslatib o‘tadi.

Oxirgi soatlarda dunyo jamoatchiligi e'tiborini Iroq hududida ov qilib yurganida jangarilar qo‘liga tushgan Qatar fuqarolari taqdiri o‘ziga qaratdi. Sahroda yo‘qolganlar orasida hukumat xonadoni vakillari ham bo‘lishgan.

Kecha, shuningdek, IShID o‘zi tomonidan nazorat qilinayotgan hududga Turkiyaning kirib kelganiga javoban ilk munosabatini raketalar yo‘llash orqali bildirdi. Tomonlar raketa zarbalari almashishgan.

Bu voqealar fonida esa armanistonliklar Turkiyani IShIDga ko‘mak berishda ayblayotgandi.

MDH aholisining asosiy axborot manbai hisoblanadigan Rossiya kanallarining xabarlariga rossiyaliklarning o‘zlari ishonishmayapti. Ruslar o‘z kanallari bergan xabarlarga ishonishi ko‘rsatkichlari 6 yil ichida 2 barobar kamaygan. Ukrainada esa ishlar chatoq.

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuv o‘tkazilmay qolishi mumkin.

Shu va boshqa so‘nggi xabarlar bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishish mumkin:

Iroqdagi ov

Iroqda qurollangan jangarilar 26 nafar Qatar fuqarosini garovga oldi

Manba: Iroqda o‘g‘irlab ketilganlar Qatar yetakchisining oila a'zolaridir

Qatar TIV Iroqda qatarliklar o‘g‘irlangani haqidagi xabarni tasdiqladi

 

Turkiya IShID bilan to‘qnashdi

IShID Turkiyaning Iroqdagi bo‘linmasiga hujum qildi

Turkiya harbiylari IShID hujumiga qarshi javob qaytardi

Turkiya Qatarda harbiy baza qurmoqchi

Armaniston mudofaa vaziri Turkiyani IShIDga ko‘mak berayotganlikda aybladi

 

Shuningdek, quyidagi yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik tavsiya qilinadi:

Rossiya teleyangiliklariga ishonch darajasi olti yilda ikki martaga pasaydi

Siyosatshunoslar: “arab bahori” mintaqa davlatlariga 830 mlrd dollarga tushdi

Ekspert: o‘zbek muhojirlari Rossiya o‘rniga BAA va Janubiy Koreyani ma'qul ko‘rishmoqda

Ukraina ichki ishlar vaziri Saakashvilining yuziga suv sepgani videosini e'lon qildi

BMT va Shimoliy Koreya Pan Gi Munning mamlakatga kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Poroshenko Belgiyaga safarini boshladi

Putin Ukraina bilan erkin savdo hududini yoptirdi

Bloomberg: Turkiya Rossiya bilan ixtilof sababli Isroildan gaz olishni qayta boshlamoqchi

O‘zbekiston va Tojikiston TIVlari o‘rtasidagi maslahatlashuv kuni noma'lum muddatga qoldirildi

Top