11:21 / 17.12.2015
4218

Toshkent davlat agrar universitetida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yil 12 dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, besh karra “Osiyoning eng yaxshi hakami”, futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida rekordchi, FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz sportchilarining jahon maydonlarida yuksak marralarni zabt etayotgani, ayniqsa, o‘zbek hakami Ravshan Ermatovning xalqaro uchrashuvlarni boshqarishdagi mahorati talaba-yoshlarni cheksiz quvontiradi. Qiziqarli suhbat mehmonimiz yutuqlari bilan yanada yaqindan tanishishga imkon yaratdi.
Tadbir ishtirokchilari Ravshan Ermatovdan o‘zining shaxsiy va kasbiy faoliyatiga oid fikrlarini eshitishdi. Shuningdek, Ravshan Ermatovning faoliyatiga oid slayd-taqdimot namoyishidan bahramand bo‘lishdi.

Tadbir jonli muloqot tarzida, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida faxrli mehmon bilan tadbir ishtirokchilari esdalik uchun rasmga tushib, Ravshan Irmatov haqida chop ettirilgan kitoblarga talaba-yoshlar dasxatlar olishdi.

Top