Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:23 / 20.12.2015
3786
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Xitoy janubida odamlar to‘la uyni ko‘chki bosib qoldi
Janubiy Xitoyning Shenchjen shahrida (Guandun viloyati) 17 ta turar-joy binosi ko‘chki ostida qoldi. Ulardan ikkitasi umumiy turar-joy binosi edi. Xitoyning markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar ko‘chki ostidan to‘rt nafar kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqea mahalliy vaqt bilan 11:40 da Liuxi sanoat xiyobonida sodir bo‘ldi. Ayni damda 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halokat joyida ishlamoqda. Shuningdek, u yerda qutqaruvchilar va psixologlar ham harakat qilmoqda.