08:44 / 20.12.2015
4537

Snouden Durovning Telegram messenjerining xavfsizligiga gumon bildirdi

Edvard Snouden Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durovni hurmat qilishini, biroq uning dasturining xavfsizligi borasida gumon bildirdi. U bu haqda o‘z tvitterida ma'lum qildi.      

“Men Durovni hurmat qilaman, biroq Ptachek haq: Telegram’ning dastlabki sozlanmalari haqiqatan ham xavf tug‘diradi. Global yangilanmalarsiz undan foydalanish xavfsiz emas”, deb yozdi kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Tomas Ptachekning aytgan so‘zlariga iqtibos keltirgan holda Snouden. Ptachek Telegram’ning dastlabki sozlanmalarida har bir xabar serverda saqlanishini aytgan.

Avvalroq Snouden internet foydalanuvchilarga reklamani to‘suvchi dasturlar va Tor brauzerini ishlatishni tavsiya qilgani ma'lum qilingandi.

Top