14:58 / 21.12.2015
3813

O‘zbekistondagi aloqa operatorlariga bayram kunlari texnik nosozliklar yuz bermasligini ta'minlash vazifasi qo‘yildi

Yangi yil arafasida, ayniqsa yangi yil kechasi aloqa xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj odatdagidan keskin oshib ketishi kuzatiladi. Aloqa xizmatlarining millionlab foydalanuvchilari yaqinlariga qo‘ng‘iroq qiladilar va tabrik xatlari jo‘natadilar, internetdan faol foydalanishadi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan aloqa operatorlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish, bayram oldi va bayramdan keyingi kunlarda bu kabi holatlarda kompaniyalarda mutaxassislarning sutkalik navbatchiligini tashkil qilish yuzasidan topshiriq berildi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Top