16:29 / 22.12.2015
10927

Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘zbek xonandalari ishtirokidagi ikkita konsert dasturi bekor qilindi

2015 yilning 31 dekabr kuni BAAning Dubay shahridagi ikki yirik konsert zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘zbek estrada xonandalari ishtirokidagi ikkita konsert bekor qilindi. Hozirchashu.com saytining yozishicha, ularning birida faqatgina o‘zbek shou-biznes vakillari qatnashishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ikkinchisida Munisa Rizayeva bilan birgalikda arman, kavkaz xonandalari ham ishtirok etishi lozim edi.

Ushbu konsert dasturlarining qoldirilish sabablari ma'lum qilinmagan. Saytning Dubay shahridagi manbasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, har ikkala konsert dasturlari uchun ma'lum miqdordagi chiptalar sotilgan va chipta xarid qilganlarning aksariyat qismi konsert dasturining qoldirilganidan bexabar ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur xabarni Dubay shahriga hozirlik ko‘rayotgan xonandalarning ma'murlari ham tasdiqlashdi.

Top