13:52 / 22.12.2015
2833

Yevropaning ilmiy yangiliklari O‘zbekistonda agrosektorning rivojlanishiga ko‘mak beradi

Yevropa tashkilotlari konsorsiumi 2016 yil boshida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini G‘arbning ilg‘or texnologiyalari va ilmiy yangiliklari hisobiga modernizatsiya qilish loyihasini boshlaydi. Bu haqda Fransiya elchixonasi tarqatgan ma'lumotlarda xabar qilindi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati boshchiligidagi konsorsium tarkibiga Fransiyaning Adecia notijorat tashkiloti, Italiyaning AIA va Bolgariyaning CEED kompaniyalari kirdi.

“Umumiy qiymati 9.3 mln yevro bo‘lgan loyiha ikki asosiy yo‘nalishda realizatsiya qilinadi – chorvachilik va bog‘dorchilik. U 2018 yil oxirigacha davom etib, O‘zbekiston bozorini Yevropa qishloq xo‘jaligi tovar va xizmatlariga ochishga yordam beradi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarining Fransiyaning nou-xau va texnologiyalariga yo‘lini ochadi”, - dedi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Keyingi yilda tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ustida ishlashni rejalashtirmoqda.
Ikkinchi bosqichda 2017 va 2018 yillarda konkret fermer xo‘jaliklari va davlat muassasalari tanlab olinib, ularga zamonaviy asbob-uskunalar xaridi va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish nazorati uchun mablag‘ ajratiladi.

Top