13:39 / 22.12.2015
2517

Falcon 9ning birinchi pog‘onasi birinchi marta muvaffaqiyat bilan qayta qo‘ndi

Ilgari xabar qilinganidek, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidan (Florida shtati) muvaffaqiyat bilan uchirildi. Bu uning iyun oyidagi halokatdan so‘ng birinchi marta uchirilishi bo‘ldi.

Orbitaga bortidagi sun'iy yo‘ldoshlarni olib chiqqan raketaning birinchi pog‘onasi muvaffaqiyat bilan yana Floridadagi birinchi qo‘nish zonasiga kelib tushdi. Bu uning tarixda birinchi marta Yerga qayta qo‘nishi bo‘ldi.
Jarayon kompaniyaning sayti orqali translyatsiya qilib borildi.

SpaceX’ning Twitter’dagi mikroblogida xabar berilishicha, raketa orbitaga 11 yo‘ldoshni olib chiqqan.

Top