08:37 / 22.12.2015
4572

Klintonlar oilasi yangi chaqaloq tug‘ilishini kutmoqda

Bill va Hillari Klintonning yagona qizi ikkinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘ladi. 34 yoshli Chelsi Klinton mazkur xushxabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma'lum qilgan. 

"Keyingi yilning yozida Sharlottaning singlisi bo‘ladi. Men o‘zimni saxiy va juda muborak his qilmoqdaman", deya yozgan u tvitteriga.

Hillari Klinton bu tvitni retvit qilgan va u o‘z turmush o‘rtog‘i bilan ikkinchi nabiralarini sabrsizlik bilan kutishayotganini bildirgan.

O‘z navbatida sobiq prezident bu yil Rodjyestvo sovg‘asi biroz ertaroq bo‘lgani haqida yozgan.

2014 yilning sentabrida Chelsining ilk farzandi Sharlotta tug‘ilgan hamda Bill va Hillari Klinton ilk bor buva va buvi bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Chelsi Klinton 2011 yil bank xodimi Mark Mezvinskiga turmushga chiqib, o‘sha yildan beri NBC telekompaniyasida muxbir sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 2014 yilning avgust oyida u telekanaldagi faoliyatini to‘xtashini ma'lum qildi.

Endi AQSh sobiq prezidentining qizi o‘zini otasi asos solgan Clinton Foundation nodavlat tashkiloti bilan hamkorlik qilishga bag‘ishlashni rejalashtirgan. Mazkur tashkilot sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida xalqaro hamkorlik o‘rnatishga ixtisoslashgan.

Top