16:58 / 22.12.2015
7949

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etdi

2015 yilning to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi o‘rtacha 5,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma'lumotiga asoslangan holda UzDaily.uz xabar bermoqda.

Mehnat bozorida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida uning asosiy ko‘rsatkichlari, ya'ni ishchi kuchlarga bo‘lgan talab va taklif barqarorlashdi, deya qayd etdi Mehnat vazirligi.

2015 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, umumiy 18,2 million mehnat resurslari sonidan aholining iqtisodiy faol qismi 13,7 million nafarni tashkil etdi. Ularning 13,1 millioni ish bilan band. Ishsizlar soni esa 698,3 ming kishidan iborat.

Ish o‘rinlariga ehtiyoj sezmayotgan iqtisodiy faol aholi soni esa qariyb 4,5 million kishini yoki mehnat resurslarining 25,3 foizini tashkil qiladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2015 yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra 5,1 foizni tashkil etdi.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 748,7 ming ishchi o‘rni barpo etildi.

Top