07:23 / 23.12.2015
2160

95 ming nafar o‘zbekistonlik grippdan emlandi

Davlat epidemiologik nazorat respublika markazi UZ24 nashriga bergan xatida, 2015 yil davomida mamlakatda grippga qarshi 95 mingdan ko‘proq kishi emlanganini ma'lum qildi.

“Grippga qarshi emlash epidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha emlash markazlarida fuqarolarning o‘z pul mablag‘lari hisobiga, yoshidan va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar o‘tkazilmoqda”, deyilmoqda maktubda.

Bepul emlashdan “Mehribon”, “Murravat” va “Saxovat” uylarining 14,773 nafar tarbiyalanuvchilari o‘tdilar.

Top