22:20 / 23.12.2015
5385

Fransiya Rossiyaga terrorchilarga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishni taklif qildi

Fransiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Per de Ville Suriyada terrorchilarga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikni oshirish zarurligini aytdi.

“Fikrimcha, IShID, “Jabhat an-Nusra”, terrorchilikka qarshi kurashda kuchlarimizni birlashtirish va birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan kurashish vaqti keldi”, deb aytdi de Ville o‘zining rossiyalik hamkasbi, armiya generali Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda. Villening aytishicha, Rossiya va Fransiya “umumiy maqsadga” ega.

Ville 1998 yilda Kosovoda Rossiya armiyasi bilan hamjihatlik borasida boy tajribaga ega bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga u rossiyalik harbiylarni maqtab, Rossiyada “yaxshi askarlar” borligini ta'kidlab o‘tdi.

Top