21:10 / 23.12.2015
3349

Toshkent shahridagi Inha Universiteti matematika o‘qituvchilari uchun tanlov e'lon qildi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika fanidan dars berayotgan o‘qituvchilar uchun tanlov e'lon qildi.

Universitet rasmiy saytida keltirilishicha, “Ajoyib matematika” festivali doirasida tanlovda ishtirok etgan va berilgan vazifalarni hammadan zo‘r bajargan 3 nafar o‘qituvchi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

1-o‘rin uchun – planshet (tablet computer), 2-o‘rin uchun – smartfon (smartphone), 3-o‘rin uchun – tashqi qattiq disk (portable hard drive) mukofot sifatida taqdim etiladi.
Tanlov shartiga ko‘ra, bajarilgan vazifalar 2016 yilning 4 yanvar kuniga qadar yuborilishi shart. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti foyesida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, eng qobiliyatli nomzodlar TShIU qo‘llab-quvvatlayotgan malaka oshirish dasturida (faculty fostering programme) ishtirok etish va o‘zlarining magistratura va doktorlik (Master's or Ph.D degree) ishlarini Janubiy Koreyaning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Top