18:07 / 24.12.2015
5661

LG G4 MINI bilan zavqni his eting

LG Electronics kompaniyasi xaridorlarga mahsulotlarning keng assortimentini taqdim etishga intiladi. LG G4 Mini yangiligi LG G4 flagmanining yengillashtirilgan versiyasi hisoblanadi va o‘z afzalliklariga ega. Axir gadjyet egasining hayotini yengillashtirish kabi umumiy maqsad mavjudligiga qaramay, har bir model bunga o‘zgacha yondashadi. LG G4 Mini ning imkoniyatlari qanday?

G4 Mini LG G4 uslubining asosiy afzalliklirini qulay ko‘rinishda baholash mumkin. Smartfon plastik korpusda o‘ziga xos panelda taqdim etilgan. Ko‘rinish jihatidan apparat G4 ning proporsional tarzda kichkinalashtirilgan nusxasiga o‘xshab ko‘rinadi. Mini modeli uchta - oq, tillarang va kulrang ko‘rinishda taqdim etilgan. Tashqi asosiy farqlar naushniklar uchun mo‘ljallangan joyda o‘z aksini topgan: u tashqi chegara qismda joylashgan. Ichkari qismda esa joyidan olinadigan akkumulyator, MicroSIM uchun ikkita va MicroSD uchun mo‘ljallanagan slot mavjud.
Mini versiya ekrani 5,2 dyuymli 1920 ga 1080 nuqta kengaymasiga ega bo‘lgan, zamonaviy talablarga javob beruvchi IPS-matritsa bilan jihozlangan. Bu yerda oleofob qoplama paydo bo‘ldi. Smartfonning apparat platformasi – sakkiz yadroli 64-bitli QualcommSnapdragon 615. Xotira – 1,5 GB u qadar katta emas, biroq 32 GB hajmdagi xotira kartasi uchun slot mavjud.

Operatsion tizim - LG UX4.0 firma qobig‘idagi Android 5.1.1. Interfeys dizayni flagman bilan solishtirilganda aqlli vidjyet bilan farq qiladi. Bu yerda u mavjud emas.Joyidan olinadigan akkumulyator hajmi – 2300 mAch.

LG G4 Minining asosiy kamerasi qisqartirilgan 8 Mp gacha bo‘lgan kengaytmasi bilan LG G4 dagi kameradan farqlanadi. Biroq lazer avtofokus, ranglar datchigi va butunlay qo‘lda boshqarish rejimi saqlab qolingan. Rangli spektr infraqizil datchigi suratga olishdan avval barcha ranglarni o‘lchaydi. Bu esa suratni tabiiy va aniq olishga yordam beradi.

Old kamera 5 Mp kengaytmaga ega bo‘lib, unda selfini amalga oshi-rish endilikda yanada oson: kamera qo‘l harakatlari bilan boshqariladi. Kaftingizni musht qiling – barchasi tayyor! Qo‘l harakati bo‘yicha amalga oshirilgan intervalli suratga olish bir necha rasmlarni ketma-ket suratga tushirish imkonini beradi – mushtin-gizni bir necha marta oching va yoping.

Mazkur model xususiyatlariga xulosa qilib quyidagilarni keltiri-shimiz mumkin: smartfonni sotib olgan xaridor metalli tuzilmaga ega bo‘lgan dizayn, lazer avtofokusli 8 mpga ega kamera, FullHD 5.2 displey va katta quvvatga ega 8 yadroli protsessor. Model faol yosh-larning kundalik hayoti uchun mos keladi. LG G4 Mini bilan o‘yin o‘ynash, suratga olish va musiqa tinglash yanada oson. 

Top