22:08 / 24.12.2015
5025

Qozog‘istonda avtomobillar ishlab chiqarish 3 barobarga qisqardi

Qozog‘istonda avtomobillar ishlab chiqarish bir yil ichida 3 barobarga qisqardi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligining davlat staistika qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda ranking.kz portali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hajmi 2014 yilning yanvar-noyabr oylarida 33 ming donani tashkil qilgandi, 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 10,8 ming donaga tushib ketdi. Bu 2014 yilning ikkinchi yarmida Rossiya rublining qadrsizlanishi ortida Rossiyadan keltirilayotgan yengil avtomobillar soni o‘sishi keskin tezlashib ketgani bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Qozog‘istonda bor-yo‘g‘i bir yil ichida avtomobillar soni 1,2 mln donaga, ya'ni uchdan bir qismiga ko‘paygan. Joriy yilning oktabri oyi oxiriga ko‘ra, mamlakatdagi yengil avtomobillar soni 5 mln donadan oshib ketgan.

Top