00:46 / 25.12.2015
18137

Dizaynerlar Dolche va Gabbana musulmon ayollar uchun ro‘mol va ko‘ylaklar kolleksiyasini taqdim qildi

Dizaynerlar Domeniko Dolche va Stefano Gabbana hamisha noodatiy g‘oyalari va dizaynerlik yechimlari bilan ajralib turishgan. Ular bularning barchasini butun dunyo bo‘ylab o‘z muxlisalarini xursand qilish uchun qilishgan. Bu gal modelerlar Yaqin Sharqdagi ko‘plab ayollarning orzusini ro‘yobga chiqarishdi va abayalarning (uzun yenglarga ega an'anaviy uzun arab ko‘ylagi) qatorini taqdim qilishdi.

Taniqli moda tarixchisi Aleksandr Vasilev musulmon uslubidagi kiyimlar odat bo‘lishini bashorat qilgandi. Haqiqatan ham, yopiq kiyimlarni ko‘plab kolleksiyalarda uchratish mumkin, ba'zi dizaynerlar ko‘ylak ostidan shim kiyib yurishni maslahat berishadi. Oxirgi mavsumlarning bosh aksessuarlaridan biri hijobga o‘xshab o‘ralgan keng ro‘mol bo‘lmoqda.

Modelerlarning bu mavzuga qiziqishini nafaqat dunyo globallashuvi bilan tushuntirish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri, musulmon ayollari o‘z diniy qarashlariga zid yo‘l tutmagan holda modaga muvofiq ko‘rinish uchun katta pul sarflaydilar.

Dolce&Gabbana abayalari eng yaxshi italyan ipagi va to‘rlaridan tikilgan va qora-och sarg‘ish ranglarda taqdim qilingan. Dizaynerlarning fikricha, bunday kiyimga Miss Sicily sumkasi va kichik gullar bilan bezalgan quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar ideal ravishda mos tushadi.

Top