11:35 / 25.12.2015
3501

Surxondaryoda noqonuniy yog‘ sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti noqonuniy yog‘ ishlab chiqaruvchi korxonalarni fosh etish va faoliyatiga barham berish faoliyatini davom ettirmoqda, deb yozadi “Huquq” nashri.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi aka-uka Bashir va Toshtemir Nafasovlar o‘z xonadonida qo‘lbola usulda moyjuvozda paxta chigitidan yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Yashirin sexdan 140 l qo‘lbola yog‘ topildi.
Mutaxassis tekshiruvi xulosalari yog‘ davlat standarti talablariga javob bermasligi va iste'mol uchun yaroqsiz ekanligini ko‘rsatdi.

Top