15:37 / 26.12.2015
12629

"Sport TV" telekanalida rahbar o‘zgardi

24 dekabr kuni "Sport TV" telekanali direktori Alisher Hoshimov vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, direktorning birinchi o‘rinbosari Zoxir Toshxo‘jayev ham ishdan bo‘shatilgan.

Kecha, ya'ni 25 dekabr kuni O‘zMTRK "Sport TV"ning yangi rahbari tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot telekanal vakili tomonidan tasdiqlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, 1994 yildan buyon shu kungacha Namangan viloyati teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan senator Muhammadjon Maqsudov "Sport TV"ning yangi rahbariga aylandi.

O‘tgan yillar davomida kanalda sport sharhlovchisi va O‘zMTRKda turli lavozimlarda ishlagan Zohid Karimov esa bosh direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Bu o‘zgarishlarning sabablari haqida ma'lum qilinmagan.

Top