Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:39 / 26.12.2015
3441
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda 5 nafar ishchi yer o‘pirilishi tufayli halok bo‘ldi
Xitoyning Anxo‘y viloyatidagi Xuaybey shahrida 5 nafar ishchi qurilish maydonida birdan yer o‘pirilishi tufayli tuproq ostiga kirib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, ishchilar ulkan o‘ra qaziy boshlashgan. Lekin ehtiyotsizlik tufayli yer o‘pirilgan va ular tuproq ostiga kirib ketishgan. Ularni qutqarib qolishga ulgurishmagan.