23:23 / 27.12.2015
24970

Ravshan Ermatov – 2015 yilning eng yaxshi hakami!

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov "Globe Soccer Award" nashri tomonidan 2015 yilda jahonning eng yaxshi referisi deb topildi.

Marosimning taqdirlash marosimi 27 dekabr kuni BAAda bo‘lib o‘tdi va unda Ermatov ishtirok etdi.

Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun quyidagi referilar da'vogarlik qilgandi: Juneyt Chaqir, Ravshan Ermatov, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama, Norbert Xauata. 

Tashkilotchilar yakunda aynan Ravshan Ermatovni o‘tayotgan yilning eng yaxshi hakami deb e'lon qilishdi. Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami bo‘lgan Ermatov 2015 yil Osiyo chempionlar ligasi final uchrashuvida ishladi. 

Quyida barcha sovrindorlar bilan tanishib olish mumkin: 

Eng yaxshi akademiya - "Benfika"
Eng yaxshi hakam - Ravshan Ermatov
Eng yaxshi Fors ko‘rfazidagi futbolchi - Yosir Al Shahroni (Saudiya Arabistoni)
Eng yaxshi futbol agenti - Jorjye Mendesh
Eng yaxshi faoliyat uchun 1 - Andrea Pirlo
Eng yaxshi faoliyat uchun 2 - Frenk Lempard
Eng yaxshi murabbiy - Mark Vilmots (Belgiya MTJ)
Eng yaxshi matbuot xizmati - "Barselona"
Eng yaxshi klub - "Barselona"
Eng yaxshi prezident - Xosep Maria Bartomeu ("Barselona FK")
Eng yaxshi futbolchi - Lionel Messi ("Barselona")

Top