08:46 / 27.12.2015
5004

Suriyalik isyonchilar AQSh ko‘magida IShIDdan Frot daryosidagi to‘g‘onni qaytarib olishdi

Suriyalik isyonchi kuchlar AQSh ko‘magida IShID jangarilaridan Frot daryosidagi to‘g‘onni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda agentlikka isyonchilar vakili Talal Salo ma'lum qildi.

Uning aytishicha, to‘g‘onning qaytarib olinishi Halabning shimolidagi jangarilar tayanch punktlarini sharqdan Frotdan uzib qo‘yishga yordam beradi. Bu yerda esa jangarilarning poytaxti Raqqa joylashgan.

Saloning ta'kidlashicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalari 4 kun avval boshlangan maxsus operatsiyada muhim rol o‘ynadi.

Top