Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:12 / 28.12.2015
6258
1 daqiqa o‘qiladi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi qaroriga muvofiq, Bahromjon Adxamovich Olmatov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
B.A. Olmatov shu kungacha Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.