28 dekabr, dushanba kuniga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 13 dona avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FlashNord nashri mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, shaharning Kultura, Bogatirsk va Energetik shohko‘chalarida, shuningdek Pulkovsk ko‘chasida mashinalar yoqib yuborilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi bergan ma'lumotga ko‘ra, Santa-Klaus bosh kiyimidagi ikki nafar fuqaro avvaliga mashinalar ustiga benzin sepgan va keyin ularga o‘t qo‘ygan. Yettita avtomobildan to‘rttasi tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan.