17:36 / 28.12.2015
5644

Urgutlik bosh shifokor 500 dollar pora olish ustida qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Jamol Qorayev pora ustida qo‘lga tushdi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Aytilishicha, qo‘shni Tayloq tumanida yashovchi Mastura Jabborova tibbiyot kollejini bitirib, ish qidirgan. Tog‘asi Shodi Xodiyev Qorayevga uchrab, jiyanini hamshiralikka olishni so‘ragan. Buning evaziga Qorayev undan 500 dollar so‘ragan.

Jabborova va Xodiyevlar tegishli idoralarga murojaat qilgan. Natijada poraxo‘r amaldor pulni olayotganida jinoyat ustida qo‘lga tushgan.
Sud tomonidan Jamol Qorayev ikki yil muayyan huquqdan va uch yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Top