12:00 / 29.12.2015
2503

17 ming nafardan ziyod keksalar sport mashg‘ulotlariga doimiy qatnashib kelmoqda

Yurtimiz mahallalarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish guruhlarida 17 ming nafardan ziyod keksalar doimiy qatnashib kelmoqda. Bu haqda 29 dekabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Anjumanda ta'kidlanganidek, 2 mingga yaqin mahalla guzarlari shaxmat-shashka komplektlari, mebel jihozlari, ro‘zg‘or buyumlari, stol tennislari hamda o‘nga yaqin respublika va mahalliy davriy nashrlar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta'minlandi. Ushbu maqsadlar uchun fond tomonidan 822 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2130 ta guzar hamda 1590 ta madaniyat va aholi dam olish markazida, shuningdek, 5091 ta maxsus to‘garakda tashkil etilgan muloqot klublariga 33 ming nafarga yaqin keksalar, nuroniylar va pensionerlar jalb qilindi.

Top