Jahon | 15:38 / 02.01.2016
10295
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda yonib ketgan mehmonxona faoliyati qayta tiklanmasligi mumkin

Dubay hukumati Yangi yil bayrami kuni The Adress Hotel mehmonxonasida chiqqan keng ko‘lamli yong‘inning sabablarini o‘rganmoqda. Binoning qayta tushishi, umuman olganda uning kelajagi haqidagi savollar mavhumligicha turibdi, deb xabar bermoqda TASS.

Emaar Properties kompaniyasining ma'lum qilishicha, zarar miqdori va qancha odam evakuattsiya qilingani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. "Mehmonada tushgan barcha mehmonlarga boshqa mehmonxonadan tekin xonalar ajratildi, - deb ma'lum qildi Emaar Properties. – Hozircha yonib ketgan mehmonxonaning qayta ishlashi haqida aniq fikrlar mavjud emas". Dubay hukumati bo‘lib o‘tgan ushbu voqeaga sharh berishni istamagan va faqatgina voqea tafsilotlari o‘rganib chiqilsagina yakunda izoh berishlarini aytib o‘tishgan.

Yong‘inni butunlay o‘chirish uchun bir kun vaqt sarflandi. Shahar favqulodda xizmati yong‘inni qo‘shni binolarga, masalan, mehmonxona yonida qad rostlagan ko‘ngilochar-savdo markazi bo‘lmish Dubai Mall binosiga o‘tib ketishini oldini olishgan. Ularga baland imoratlarda chiqadigan yong‘inlarni o‘chirishga ixtisoslashgan germaniyalik o‘t o‘chiruvchilar yordam bergan.