Jahon | 22:22 / 02.01.2016
8744
1 daqiqa o‘qiladi

Eron imomning qatl etilishi sababli Saudiya Arabistoniga noroziligini bildirdi

Eron tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi ishonchli vakilini chaqirtirib, unga shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishi bo‘yicha noroziligini bildirdi, deb xabar bermoqda “Al-Mayadin” telekanali.

Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi terrorchilik va unga undash uchun sudlangan 47 kishiga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshirishni e'lon qildi. Vazirlik bergan xabarda shia imomi ham qatl etilganini ko‘rsatgan.

Avvalroq Saudiya Arabistonidagi shialar imomning qatl etilishiga qarshi norozilik bildirayotgani ma'lum qilingandi.