Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda qor yog‘ishi tufayli ko‘plab odamlar murakkab sharoitlarda qolmoqda
1 yanvarda qor yog‘ishi oqibatida Livanning tog‘li hududlarida avtomobil aloqasi falajlanib qoldi. Daily Star gazetasining elektron versiyasida ma'lum qilinishicha, qor dengiz sathidan 700 m pastroqda joylashgan hududni qoplagan. Aholiga yo‘l muzlashi sababli o‘z uylarida qolish tavsiya qilinmoqda.
Jandarmlar Daxr-al-Baydar tog‘li davoni orqali o‘tuvchi Bayrut-Damashq strategik shossesi bo‘yicha atrotransport harakatini yopib qo‘yishdi. Qutqaruvchilar o‘z avtomobillarida tog‘larda qolib ketgan 700 kishini qor tutqunligidan chiqarib olishdi.
“Vladimir” nomli arktik sikloni Livanning janubida joylashgan Tirning sohilbo‘yi tumanlarida toshqin keltirib chiqardi. Buning oqibatida bir necha turar joy mavzelari suv ostida qoldi. Kuchli shtorm tufayli Sayd porti yopildi.
Bu orada BMT insonparvarlik agentliklarida Livanning shimoli va sharqida joylashgan suriyalik qochqinlar lagerlaridagi vaziyat tashvish uyg‘otmoqda. To‘fonli shamollar u yerdagi chodirlarni uchirib yubormoqda, havo haroratining keskin pasayib ketishi odamlarning hayotiga xavf solmoqda.
Shuningdek, Beka vodiysiga olib boruvchi tog‘li davonlardan o‘tuvchi yo‘llar to‘silib qolgan, u yerga ichimlik suvi, oziq-ovqat, mazut va issiq kiyimlarni yetkazish murakkablashgan. Livan tog‘larining sharqiy tizmasidagi vaqtinchalik boshpanalarda yashayotgan 400 ming kishi qor ofati tutqunligida qoldi.