Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:23 / 02.01.2016
4469
1 daqiqa o‘qiladi
To‘lov tizimining ishlamay qolishi sabab London aholisi jamoat transportlaridan tekinga foydalana boshladi
2 yanvar kuni Londonda Oyster transport to‘lov kartasining ishlamay qolgani sabab, minglab odamlar jamoat transportlarida tekinga yurdi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu nosozlik tufayli o‘n minglab funt foydadan quruq qolingan. Eng qizig‘i, ushbu nosozlik shaharda jamoat transportlariga yurish tarifini oshirilgan ertasi kunda ham davom etgan.
Shahar transport boshqarmasidagilar ushbu voqeaga “texnik nosozliklar” sabab bo‘lganini aytishgan.