Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeyluntszyan viloyatida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Xitoy seysmologik markazi ma'lum qildi.
Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 12:22 da (Toshkent vaqti bilan 09:22) qayd qilingan. Zilzila markazi Mudantszyan okrugining Linkou uyezdida, Xitoyning Rossiya bilan chegarasi yaqinida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 580 km yer ostida joylashgan.
Avvalroq AQSh Geologik xizmati zilzila kuchi 5,7 ni tashkil qilganini ma'lum qilgandi. Vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.