Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya yo‘llarida bir necha kilometrlarga cho‘zilib ketgan tirbandliklar yuzaga keldi
Ko‘pchilik yaponiyaliklar yangi yil bayramlaridan keyin uylariga qaytayotganlarida Yaponiyaning bosh transport magistral yo‘llarida o‘nlab kilometrlarga cho‘zilib ketgan avtomobil tirbandliklari yuzaga keldi.
NHK telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 2 yanvar soat 5:00 da Nara prefekturasidagi Yamato tunneliga olib boruvchi yo‘lda 45 km lik, Saitamaga olib boruvchi yo‘lda esa 40 km lik tirbandlik yuzaga kelgan. Toxoku va Tyugoku magistrallarida 35 km lik tirbandliklar qayd qilingan.
Aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida katta miqdorda odamlar to‘planib qolgan: katta shaharlarning ko‘plab aholisi yangi yil arafasida qishloqdagi “ona uylariga” bayramni nishonlagani boradilar. Ichki aviareyslar va tezkor poyezdlarga chiptalar deyarli to‘liq sotib bo‘lingan.
Yaponiyada rasman Yangi yil bayram kunlari 1 va 2 yanvar hisoblanadi. Biroq Kunchiqar mamlakatning borgan sari ko‘proq aholisi dam olishni Yangi yil bayramidan bir necha kun avvalroq boshlashni odat qilishmoqda. Yilning oxirgi kunida ko‘plab tashkilotlar qisqartirilgan tarkibda ishlaydi yoki umuman ishlamaydi.