Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh maxsus kuchlari Iroqda IShIDning 15 jangarisini yo‘q qildi
Amerikalik maxsus xizmatlar Iroqning shimolidagi Mo‘sul shahri atrofida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida IShID a'zolari bo‘lgan kamida 15 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda vaziyatda xabardor bo‘lgan manbaga asoslanib, Alsumaria telekanali xabar bergan.
"Amerikalik maxsus kuchlar Mo‘sul shahri atrofida joylashgan Izxiliya qishlog‘ida to‘xtadi. Bu yerda IShID jangarilari bilan to‘qnashuv ro‘y berdi va ulardan 15 nafari o‘ldirilib, 11 nafari qo‘lga olindi. Asirlar orasida guruh boshlig‘i ham bor", deydi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zaro otishma 1,5 soatga yaqin vaqt davom etgan. Amerikalik harbiylar tomonidan qurbon berilmagani aytilgan.
Ma'lumot uchun, Mo‘sul shahri 2014 yilning iyunidan beri IShID nazoratida bo‘lib turibdi.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Ar-Ramadidan keyin 2016 yilda bu shahar ham ozod qilinishiga va'da bergan.