Jahon | 21:25 / 03.01.2016
5665
1 daqiqa o‘qiladi

Ar-Riyod va Tehron o‘zaro nizoni kuchaytirishni istamasliklarini bildirdi

Saudiya Arabistoni va Eron Tashqi ishlar vazirlari Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurtsga 2 davlat ham saudiyaliklarning 47 mahbusga chiqarilgan o‘lim hukmini ijro etishi ortida yuzaga kelgan ziddiyatni rivojlantirishga talabgor emasliklarini ma'lum qilishgan.

"Ikki davlatning tashqi ishlar bo‘yicha vazirlari ikki tomon ham eskalatsiyadan manfaatdor emasligini bildirdi", degan avstriyalik vazir.

Bundan oldinroq, Avstriya va Fransiya tomonlarni Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan eskalatsiyani to‘xtatishga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni IIV 47 kishiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgani, qatl etilganlar orasida mamlakatdagi shialar xatibi Nimr an-Nimr ham bo‘lgani haqida e'lon qilgandi.