Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda Yangi yil kechasi yonib ketgan mehmonxonani tiklashmoqchi
Dubayda Yangi yil kechasi yonib ketgan Address Downtown nomli 5 yulduzli mehmonxona to‘liq tiklanadi, deb aytdi Emaar Properties qurilish kompaniyasi raisi Muhammad Alabbar.
Mehmonxona 31 dekabrda mahalliy vaqt bilan 21:30 da yonib ketgan. Alanga 63 qavatli binoning 40 qavatini qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 14 soat ketgan, yong‘in sababi hozircha noma'lum. Yong‘in oqibatida 14 kishi yengil, 2 kishi o‘rtacha jarohat olgan, ularning barchasi shifoxonada qolmoqda.
“Biz mehmonxonani avvalgi ko‘rinishiga keltirmoqchimiz va hattoki undan ham o‘tkazib tiklamoqchimiz”, deb aytdi Alabbar.
Mehmonxonani tiklash muddatlari hozircha noma'lum, ayni paytda unda tergovchilar ish olib bormoqdalar.
Alabbar mahalliy hokimiyat va fuqarolik mudofaasiga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam va mehmonxona mijozlari va yaqin oradagi odamlarning xavfsizliklarini ta'minlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Mehmonxonada turganlarga boshqa mehmonxonalardan xonalar berilgan.