Jahon | 16:18 / 03.01.2016
5954
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda yonib ketgan mehmonxona ma'muriyati yong‘indan jabrlanganlarga yetgan zararni to‘lab beradi

Dubayda 31 dekabr kuni kechasi yong‘in sodir bo‘lgan Address Downtown nomli besh yulduzli mehmonxona ma'muriyati yong‘in vaqtida mehmonxonada bo‘lgan va jabrlangan mijozlarga keltirilgan zararlarni qoplash uchun pul to‘laydi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar tarqatgan.

Mijozlar uchun kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Bundan tashqari, ularga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni taqdim etilgan.

Ma'lum qilinishicha, mehmonxona hali o‘z davlati elchixonasi bilan bog‘lana olishga ulgurmagan chet elliklarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Mehmonxonada yong‘in arafasida yettinchi qavatdan 12 qavatgacha bo‘lgan qismlarda istiqomat qilganlarga o‘z xonalariga qaytib, buyumlarini olib ketishga ruxsat berilgan.

Mehmonxona 31 dekabrda mahalliy vaqt bilan 21:30 da yonib ketgan. Alanga 63 qavatli binoning 40 qavatini qamrab olgandi. Mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Yong‘inni o‘chirish uchun 14 soat ketgan, yong‘in sababi hozircha noma'lum. Yong‘in oqibatida 14 kishi yengil, 2 kishi o‘rtacha jarohat olgan, ularning barchasi shifoxonada qolmoqda.

Dubay markazidagi mehmonxona binosida yong‘in chiqdi

TV: Dubaydagi bayram tadbirlari mehmonxonadagi yong‘in tufayli bekor qilinmaydi

Dubayda mehmonxonadagi yong‘inga qaramasdan bayram salyutlari otildi

Dubaydagi mehmonxonadagi yong‘in binoning 40ta qavatiga zarar keltirdi