Jahon | 12:00 / 03.01.2016
3386
1 daqiqa o‘qiladi

Eron TIV mamlakatdagi Saudiya Arabistoni diplomatik binolari oldida to‘planmaslikka chaqirdi

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xusayin Jobir Ansoriy Saudiya Arabistonida shialar xatibi qatli yuzasidan mamlakatdagi qirollikning diplomatik binolari oldida to‘planmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Tashqi ishlar vazirligi vaziyatning tarangligini tushungan holda eronlik shialarni mamlakatdagi Saudiya Arabistonining qirollik binolari oldida to‘planmalikka chaqiradi», — dedi u.
Uning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni diplomatik obektlari oldida amalga oshirilgan har qanday agressiv xatti-harakatlar qo‘riqchilarning qarshiligi bilan kutib olinadi.