Jahon | 12:28 / 03.01.2016
3690
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning HHK bazasiga jangarilarning hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Pokiston chegarasidan 25 km uzoqlikda joylashgan Hindiston harbiy-havo kuchlari bazasiga jangarilarning hujum qilishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

15 soat davom etgan otishma natijasida jangarilardan to‘r nafari yo‘q qilingan. Bu haqda Hindiston hukumati xabar bergan.
Ushbu voqeani hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Ayni damda bazani o‘nlab harbiy xizmatchilar qo‘riqlashmoqda.