Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishi mumkin
KXDR o‘z hududidagi Pungyo-ri maydonida vodorodbombasini sinovdan o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning guvohlik berishicha, Koreya Respublikasi kimyoviy, biologik va radiologik mudofaa boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hatto yuqori texnologiyali yadro quroli uchun zarur bo‘lgan tritiyni ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.
"Biz Pungyo-ri maydonidagi yerosti tunneli yadro qurolini sinovdan o‘tkazish maqsadida qurilganini inkor eta olmaymiz. Pxenyanning yadro texnologiyasi sohasi doirasida tadqiqotlar o‘tkazishi bundan dalolat berib turibdi", - deb Janubiy Koreyaning kimyoviy, biologik va radiologik mudofaa boshqarmasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.