Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Obama prezidentligining oxirgi yilini boshlashdan oldingi ta'tilda "kuch to‘plamoqda"
AQSh prezidenti Barak Obama Gavayida o‘tkazilayotgan ta'tili davomida "o‘z ishini oxirigacha yetkazib qo‘yishga kirishish" oldidan "kuch to‘plamoqda". Bu haqda Associated Press nashrida yoziladi.
U ta'tildan qaytgach, birinchi navbatda AQSh bosh prokurori Loretta Linch bilan uchrashib, mamlakat aholisiga qurol berilishi va quroldan foydalanish tartiblarini qat'iylashtirish masalasida muhokama o‘tkazmoqchi.
"Har safar bizga qurol berish tartibi bo‘yicha islohot o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildiriladi. Bu orqali qotillik va otishmalarni to‘xtatish mumkinligi aytiladi. Ha, biz bilamiz, bu orqali barcha jinoyatlarning oldini olib bo‘lmaydi, lekin hech bo‘lmasa, bittasining oldini olishga erishsak ham bu natija bo‘ladi", deydi Obama.
Qonunchilikka ko‘ra, litsenziya bo‘yicha qurol sotuvchilar xaridorning talabini jiddiy o‘rganishi va tekshirishi kerak bo‘ladi. Lekin hozirda ko‘pgina sotuvchilar noqonuniy faoliyat olib borishmoqda.
AQSh prezidenti va uning oilasi Obama tug‘ilgan Gonoluluda ta'tilni o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, ta'til vaqtida Obama va uning oila a'zolari rasmiy marosimlarda ishtirok etishmagan.