Jamiyat | 19:59 / 03.01.2016
16081
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 2 yanvar kuni issiq harorat rekordi qayd etildi

2016 yilning 2 yanvarida Samarqand shahrida 21,3 daraja issiq harorat kuzatildi.

O‘zgidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkichga aylandi.

Shu vaqtgacha qishning ikkinchi oyidagi ikkinchi kunda bu darajada issiq harorat qayd etilmagandi.

Samarqandda bungacha 2002 yilning 2 yanvarida qayd etilgan 18,1 daraja issiq harorat eng yuqori ko‘rsatkich sifatida hisoblab kelinar edi.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand va Toshkent shaharlarida oxirgi yillarda yangi yil bayrami kunlarida qayd etilgan issiq harorat 2010 yilda kuzatilgan, o‘shanda, 2009 yilning 31 dekabrida 18, 2010 yilning 1 yanvarida esa 19 daraja issiq harorat ro‘y bergan.