Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:19 / 03.01.2016
10771
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy fuqarosi Kremlni o‘z uyi hisoblab, unga kirmoqchi bo‘ldi
Rossiyada u yerda yashayotganini da'vo qilib, Kremlga kirmoqchi bo‘lgan Xitoy fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib, Interfaks xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 2 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 20:30 da Spasskaya minorasi yonida Kremlga kirishga uringan XXRning 1985 yilda tug‘ilgan fuqarosi qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan shaxs politsiya xodimlariga Kremlda yashashini aytgan.
Uni politsiya mahkamasiga olib borishgan. U yerda uni psixiatr tekshirib ko‘rgan va shifoxonaga jo‘natgan.