O‘zbekiston | 22:13 / 04.01.2016
6516
1 daqiqa o‘qiladi

5 yanvar kuni Farg‘ona vodiysida qor yog‘ishi mumkin

5 yanvar, seshanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘onada vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda "O‘zgidromet" markazi xabar bergan.

Xabar qilinishicha, ba'zi tog‘li hududlarda ham qor yog‘ishi ehtimoli bor. 5 yanvar kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab tuman tushishi kutilmoqda.

Havo harorati kunduzi shimoliy hududlarda, markaziy viloyatlarda, shuningdek, Toshkent shahrida +2…+9 daraja, vodiyda +5…+10 daraja, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa +8…+13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

5 yanvar kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.