Jamiyat | 09:31 / 04.01.2016
4075
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda jangarilar Hindiston konsulligiga hujum uyushtirdi

Afg‘onistonda noma'lum jangarilar Mozori Sharif shahrida joylashgan Hindiston konsulligiga hujum uyushtirdi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslangan holda.

Xabarda aytilishicha, jangarilar konsullik hududiga kirib olishga harakat qilishgan.
Qayd etilishicha, mazkur bosqinchilik Hindistonda harbiy bazaga hujum uyushtirgan jangarilarni yo‘q qilishga qaratilgan maxsus amaliyot o‘tkazilayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar hozircha yo‘q. Shuningdek, aynan qaysi guruhga mansub jangarilar hujum uyushtirgani ham aniqlashtirilmoqda.