Jamiyat | 10:19 / 04.01.2016
3578
1 daqiqa o‘qiladi

AFP: Pokistonda avtobusdagi gaz balloni natijasida 13 kishi halok bo‘ldi

Pokiston shimoli-g‘arbida yo‘lovchi avtobusidagi gaz balloni portlashi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda AFP agentligi ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘yga yo‘l olgan avtobus jarlikka qulagan va portlab ketgan."Portlash natijasida 13 kishi halok bo‘ldi. Shulardan besh nafari ayol va besh nafari bolalardir ", - deb mahalliy politsiya vakili so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.