Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:49 / 04.01.2016
3553
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar davom etishini zarur deb hisoblamoqda
AQSh Saudiya Arabistonining Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzishiga javob berar ekan, qirollik vakillarini bu borada “ijobiy qadam” tashlashga, munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi. Bu haqda AMerika ma'muriyati ma'lumotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
«Bizga Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarini uzmoqchi ekanligi haqidagi ma'lumot ma'lum», — dedi Oq uy vakili.
Obama ma'muriyati manbasining ma'lum qilishicha, «diplomatik ishlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni qiyin vaziyatda ham saqlab qolish zarur».