Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik taniqli aktyor Mishel Galabryu vafot etdi
Fransiyada taniqli aktyor Mishel Galabryu 93 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda aktyorning oilasi bergan ma'lumoga asoslanib, 20minutes nashri xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, marhum uyqudan uyg‘onmagan holda jon bergan.
Ma'lumot uchun, Galabryu o‘z faoliyati davomida 250dan ortiq filmda suratga tushgan.
Dunyo kinoixlosmandlari uni birinchi navbatda Lui de Fyunes ishtirokidagi San-Tropelik jandarm haqidagi filmlardagi komissarning yordamchisi serjant Jyerber roli orqali eslashadi.
Shuningdek, u rol ijro etgan "Yer ostida", "Asteriks va Obeliks Tsezarga qarshi" hamda "To‘rt qo‘l o‘yini" filmlari ham mashhur bo‘lgan.