Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:08 / 04.01.2016
6613
1 daqiqa o‘qiladi
OPCW: Suriyaning kimyoviy qurollari butkul yo‘q qilindi
Suriya hududidagi kimyoviy qurollar butunlay yo‘q qilingan. Bu haqda Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (OPCW) rasmiy saytida xabar berilgan.
AQShning Texas shtatidagi zavodda oxirgi 75 silindrdagi ftorovodorodni yo‘q qilish amaliyoti bajarilgan.
"Bu orqali Suriyadagi kimyoviy qurollanish bo‘yicha dasturni yo‘q qilish amaliyoti tugallandi", deydi tashkilot rahbari Ahmad Uzyumjyu.