Jahon | 09:46 / 04.01.2016
5341
1 daqiqa o‘qiladi

Pushkov: Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi emas, shialarga qarshi kurashmoqda

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkovning aytishicha, Saudiya Arabistoni shialar xatibi Nimr an-Nimrni qatl etish orqali "aksilshia koalitsiyasi"ni tuzdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

"Saudiya Arabistoni bu shov-shuvli qatl orqali IShIDga qarshi koalitsiya emas, shialarga qarshi koalitsiya tuzmoqchiligini ko‘rsatdi. Farqni sezish qiyin emas", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni IIV 2 yanvar kuni 47 kishiga tayinlangan oliy jazo ijro etilgani, qatl etilganlar orasida shialar xatibi Nimr an-Nimr ham bo‘lgani haqida e'lon qildi.

3 yanvar kuni eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhaddagi konsulligi binosiga hujumlar uyushtirishdi.

Eron politsiyasi bu hujumlarda ishtirok etgani uchun 40 nafarga yaqin kishini qamoqqa olgan.